Keyingi besh yilning bir yili 80 foiz ehtimol bilan Yerdagi eng issiq yilga aylanadi va 2024 yilgi rekordni yangilaydi. Bu haqda Rossiya gidrometmarkazi ilmiy rahbari Roman Vilfand matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“80 foiz ehtimol bilan, kamida keyingi besh yildan biri eng issiq bo‘lishi va shu paytgacha rekord bo‘lgan 2024 yilni harorat bo‘yicha ortda qoldirishi kutilmoqda", — dedi Vilfand.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, 70 foiz ehtimol bilan 2025 yildan 2029 yilgacha haroratning o‘rtacha ko‘tarilishi Parij kelishuvida qayd etilgan chegaraviy qiymat - 1,5 darajadan oshadi.
Sinoptikning ta’kidlashicha, har bir qo‘shimcha isish darajasi yangi, yanada xavfli issiqlik to‘lqinlari, ekstremal yomg‘irlar, kuchli qurg‘oqchilik va muzliklarning erishiga olib keladi.