Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

"Bu yaxshi suhbat bo‘ldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan suhbat emasdi..."

"Bu yaxshi suhbat bo‘ldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan suhbat emasdi..."

Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, suhbat taxminan 1 soat 15 daqiqa davom etgan.

"Biz Ukraina tomonidan Rossiya samolyotlariga qilingan hujumni, shuningdek, har ikki tomondan amalga oshirilayotgan turli hujumlar haqida muhokama qildik. Bu yaxshi suhbat bo‘ldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan suhbat emasdi. Prezident Putin yaqinda aerodromlarga qilingan hujumga qattiq javob qaytarishiga to‘g‘ri kelishi aytdi.

Biz, shuningdek, Eron masalasini ham muhokama qildik va Eronning yadroviy qurol bo‘yicha qaror qabul qilish vaqti tugayotgani, bu qaror tez fursatda qabul qilinishi zarurligini muhokama qildik. Men prezident Putinga Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligini aytdim va bu masalada biz hamfikr ekanligimizni bildirdim. Prezident Putin Eron bilan muzokaralarda ishtirok etishini, ehtimol, ularni tezroq yakunlashda foydasi tegishi mumkinligini bildirdi. Menimcha, Eron bu juda muhim masala bo‘yicha qaror qabul qilishni cho‘zmoqda, ulardan bizga juda qisqa muddat ichida aniq javob kerak bo‘ladi!", — deb yozdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: 22:09 04.06.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!