Bu haqda Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegasiyasiga rahbarlik qilgan Vladimir Medinskiy ma’lum qildi.
"Ukrainada halok bo‘lgan rossiyalik askarlarning jasadlari bo‘lishi mumkin, ammo ular ancha kam, Rossiya ularni qabul qilishga tayyor", — deya qo‘shimcha qildi Medinskiy.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya frontning ayrim qismlarida 2-3 kunlik gumanitar tanaffus joriy etishni taklif qilgan.
"Taklif avvaliga qo‘llab-quvvatlandi, ammo 2-3 soatdan keyin Zelenskiy bu kelishuvdan voz kechdi. Shunday bo‘lsa-da biz bunday “gumanitar tanaffus” qilishga tayyormiz", – deya aniqlik kiritdi siyosatchi.
Shuningdek, Medinskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina Istanbulda ikki banddan iborat taklif bildirgan bo‘lib, u 30 yoki 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish va bu muddatdan davlat rahbarlari darajasidagi sammitni tashkil etish uchun foydalanishni o‘z ichiga oladi.