Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Turkiyada kuchli suv toshqini tufayli bir kishi bedarak yo‘qoldi

Turkiyada kuchli suv toshqini tufayli bir kishi bedarak yo‘qoldi

Turkiyaning Trabzon shahrida davom etgan yomg‘irdan keyin kuchli suv toshqinlari sodir bo‘ldi.

To‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘ir tufayli shahardagi ko‘chalar, uylar, korxona va shifoxonalarni suv bosdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Aqchaobod tumanida 72 yoshli fuqaroni qidirish ishlari olib borilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, uni sel suvlari olib ketgan.

Beshirli hududi eng ko‘p jabr ko‘rgan, eski qirg‘oq yo‘li butunlay suv ostida qolgan. 50 ga yaqin mashina suv ostida qolgan, o‘nlab do‘kon va idoralarga zarar yetgan. Rasmiylar ko‘chki va qirg‘oqning takroriy o‘pirilish xavfi hamon saqlanib qolgani haqida ogohlantirgan.

Trabzondan tashqari Turkiyaning Giresun, Ordu va Rize viloyatlarida ham kuchli yomg‘ir va ehtimoliy tabiiy ofatlar ("sariq kod ") haqida ogohlantirishlar berildi.

Trabzon gubernatori Aziz Yildirimning ma’lum qilishicha, bir necha soat ichida ba’zi hududlarda 60 mm dan ortiq yomg‘ir yog‘gan. Bu suv sathining keskin ko‘tarilishiga olib keldi. Ta’lim va tibbiyot muassasalari ham qisman suv ostida qolgan.

Etkazilgan zararni aniqlash ishlari boshlab yuborilgan, soliq va qishloq xo‘jaligi organlari vakillari safarbar etilgan.

Xizmatlar kechayu kunduz ishlaydi. Sinoptiklar hozircha kuchli yog‘ingarchilikni bashorat qilishmayapti, biroq rasmiylar daryo o‘zanlari va jarlar yaqinida yashovchi aholidan ayniqsa hushyor bo‘lishni so‘ramoqda.

Kiritildi: 21:11 04.06.2025. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!