Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Ukraina NATO'ning Gaagadagi sammitiga taklif etilgan

Ukraina NATO'ning Gaagadagi sammitiga taklif etilgan

Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.

NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyansning Bryusseldagiishtab-kvartirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida DW muxbiriga Ukraina 24 — 25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etishi tasdiqlanganini ma’lum qildi.

Ryutte yuqori darajadagi uchrashuv dasturi hali ishlab chiqilish jarayonida bildirib, uning tafsilotlari, shu jumladan Zelenskiyning sammitda ishtirok etishi haqida ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov allaqachon NATO shtab-kvartirasiga yetib kelgan. Umerov ilgari AQSh tomonidan muvofiqlashtirilib kelingan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 50 davlatdan iborat “Ramshtayn” muvofiqlashtiruvchi guruhi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Donald Tramp Oq uyga qaytganidan so‘ng, bu formatga Buyuk Britaniya va Germaniya rahbarlik qila boshladi.

Bugun ertalab Pentagon rahbari Pit Hegsetning muvofiqlashtiruvchi guruh yig‘ilishida ishtirok etmasligi ma’lum bo‘lgan edi.

Kiritildi: 20:39 04.06.2025. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!