NDTV telekanali xabariga ko‘ra, Madhya-Pradesh shtatida sodir bo‘lgan hodisa oqibatida o‘ndan ortiq kishi jarohat oldi, yana 6 kishi halok bo‘ldi.
Shifokorlarning aytishicha, tish izlarining shakli odatiy hayvon tishlashlariga o‘xshamaydi va o‘ziga xos belgilarga ega.
Omon qolganlardan ayrimlari yirtqichni “itga o‘xshash” deb tasvirlagan bo‘lsa, boshqalar uning notekis oyoqlari va qiya beli sirtlonga xos belgilar ekanini aytmoqda.
Hozirda O‘rmon xo‘jaligi bo‘limi yirtqichni izlash ishlarini davom ettirmoqda.