Xitoyda pul o‘rniga tilla qabul qiladigan bankomatlar paydo bo‘ldi. Yangi avtomatlar tilla taqinchoqlarni yuanga almashtirish imkonini beradi: qurilma buyumni tarozilaydi, uni 1200 °C haroratda eritadi va shu zahoti ekvivalent summa sohibining bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Bu texnologiya to‘liq avtomatlashtirilgan va Xitoy shaharlarida allaqachon e’tiborni torta boshladi.