BMT Bosh Assambleyasi rezolyusiyani qabul qildi, unga ko‘ra 11 iyul Butunjahon otlar kuni sifatida nishonlanadi. Tashabbusni 169 delegasiya qo‘llab-quvvatladi, faqat AQSh qarshi ovoz berdi, deya xabar beradi BMT sayti.
Qaror mualliflari dunyoda 57 milliondan ortiq ot mavjudligi, ayniqsa, qishloq joylarda yilqichilik asosiy o‘rin tutayotganini ta’kidladi. Ot minish, transport, poyga, ot sporti va turizm ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, turmush tarzining o‘zgarishi, iqtisodiy tebranishlarning sanoatga bosimi, iqlim o‘zgarishi va boshqa omillar tufayli ot populyasiyasi va ot sanoatining hajmi kamayib bormoqda.
Shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishida otlarning roli haqida xabardorlikni oshirish zarurati ortib bormoqda va Butunjahon otlar kuni ushbu muammolarni hal qilishda muhim platforma bo‘ladi, deb hisoblaydi BMT.
Tojikistonda 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, otlar soni 91,6 ming boshni tashkil qilgan.