Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025 yil uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025 yil uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi

Jamg‘arma tomonidan 450 ta o‘rin ajratilgan. Xususan:

🔹 bakalavriat – 130 ta o‘rin;
🔹 magistratura – 220 ta o‘rin;
🔹 doktorantura – 100 ta o‘rin.

Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizasiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.

🌐 Nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yanada qulaylik yaratish maqsadida Jamg‘arma tomonidan onlayn platforma ishga tushirildi.

🗓 Nomzodlar joriy yilning 3-iyunidan 16-iyuniga qadar mazkur platforma orqali tegishli hujjatlarni yuborishlari mumkin.

📋 Shuningdek, nomzodlar hujjatlarini topshirish jarayonida quyidagi ma’lumotlarni yuklashlari lozim:

▪️Jamg‘arma Ijrochi direktori nomiga ariza;
▪️ xorijiy ta’lim muassasasidan qabul qilinganligi to‘g‘risida xat (Letter of acceptance);
▪️ mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa);
▪️ attestat yoki diplom nusxasi;
▪️ xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat;
▪️ motivasion insho va boshqalar.

Tanlovga oid barcha ma’lumotlar saytida e’lon qilib boriladi.

Kiritildi: 15:17 04.06.2025. O'qildi: 516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!