Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov 11,6 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan sobiq prezident Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini bildirdi.
“Kabar” agentligiga bergan intervyusida prezident sud qarorini o‘zgartira olmasligini, lekin kechirishga haqli ekanini aytdi.
"Tegishli ariza bilan murojaat qilsalar, kechirishim mumkin. Qo‘ytosh voqealaridan beri olti yil o‘tdi. Hammasi sovib ketdi. O‘ylaymanki, sud unchalik qattiq bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Albatta, bu ta’kidlangan fikr emas, balki mening shaxsiy fuqarolik pozisiyam: ular sinov yoki jarima bilan cheklanishsa yaxshi bo‘lardi", - dedi Japarov.
Avvalroq Bishkek sudi Almazbek Atamboyevni Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi yerlarni noqonuniy o‘zlashtirganlik, issiqlik elektr stansiyasini modernizasiya qilish vaqtida boyib ketganlik va Qo‘y-Toshdagi ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlikda aybdor deb topib, sirtdan 11,6 yilga ozodlikdan mahrum qilgani ma’lum bo‘lgan edi.