Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

49 nafar afg‘on muhojirlari o‘z vatanlariga qaytarildi

49 nafar afg‘on muhojirlari o‘z vatanlariga qaytarildi

Migrasiya vazirligi 31 may kuni Qunduz viloyatidagi Sherxon chegara punkti orqali 49 nafar afg‘on muhojirlari o‘z vatanlariga qaytarilganini ma’lum qildi.

Tolibonga ko‘ra, ulardan 36 nafarining Tojikistonda yashash uchun ruxsatnomasi, 13 nafarining pasport va vizasi bo‘lgan. Tolibon vakillarining ta’kidlashicha, ularni deportasiya qilish sababi noma’lum.

Tojikiston rasmiylari bu haqda hech narsa demagan.

Bir oy avval, 21 aprel kuni Afg‘oniston yosh jurnalistlar markazi Tojikiston 50 ga yaqin afg‘on qochqinini deportasiya qilgani haqida xabar bergan edi. O‘shanda Vahdat shahrida yashovchi bu shaxslarda BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan berilgan barcha qochqin hujjatlari bo‘lgani xabar qilingan edi.

"Qochqinlar Vahdat shahar xavfsizlik bo‘limiga chaqirilib, hujjatlari olib qo‘yildi, so‘ngra ikki mashinada chegaraga olib ketildi. Yana bir qancha qochqinlar ham Tojikiston xavfsizlik kuchlari tomonidan ko‘cha va bozorlarda ushlanib, Afg‘onistonga deportasiya qilindi", — deyiladi markaz xabarida.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Tojikistonda, asosan, Dushanbe va Vahdat shaharlari hamda Rudakiy viloyatida 10 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarosi istiqomat qiladi.

Kiritildi: 14:42 04.06.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!