Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

Xorazmda O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i 10 ming dollar olayotganida ushlandi

Xorazm viloyatidagi tumanlardan birining O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi boshlig‘i xizmat mavqeidan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar va biokomplekslar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJga tegishli 27 tonna “Biostimulyator” o‘simliklar ozuqasini mahalliy fermer xo‘jaliklariga qimmat narxlarda sotish uchun shartnoma tuzishda amaliy yordam berish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa “Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi kichik, o‘rta biznes va byudjet iste’molchilari bilan ishlash bo‘linmasining yetakchi muhandisi hamda mahallabay ishlash xizmati boshlig‘i o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroning xonadonida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan aniqlangan 164 mln. so‘mlik zarar summasini 14 mln. so‘mgacha kamaytirib berganliklari evaziga 1000 AQSh dollari talab qilishadi.

DXXning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKD hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandis ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan muhandis va bo‘lim boshlig‘iga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:12 30.05.2025. O'qildi: 1001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!