Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida respublikada yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev ushbu yangi tizim mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini qanday yaxshilashi va haydovchilar mas’uliyatini qanday oshirishi haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, balli tizim bu - ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan qo‘pol qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimalarga qo‘shimcha ravishda hisoblanadigan ballardir.
Jarima ballari tizimini amaliyotga joriy qilishda Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi ko‘plab davlatlar tajribasidan kelib chiqib qaror qabul qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 iyundan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushiriladi.
Bir yilda 10 marta “qizil chiroq”da harakatlanadigan haydovchi bu - potensial qotil deyish mumkin.
O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati boshlig‘i Zoir Yo‘ldoshev Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida aytgan so‘zlariga ko‘ra, balli tizim bu - qo‘pol turdagi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 12 ta moddasiga asosan qo‘pol qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimalarga qo‘shimcha ravishda hisoblanadigan ballardir.
Jarima ballari tizimini amaliyotga joriy qilishda Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi ko‘plab davlatlar tajribasidan kelib chiqib qaror qabul qilgan. Ballik tizim O‘zbekiston sharoitida kerakligi amaliyotda o‘zini ko‘rsatdi.
Qo‘pol qoidabuzarlik sodir etilishi oqibatida yo‘llarda baxtsiz hodisalarni sodir etilishiga zamin yaratilyapti, dedi O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati boshlig‘i Zoir Yo‘ldoshev Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida.
IVV vakilining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi bir haydovchilar uchun jarima ahamiyatga ega bo‘lmay qolyapti.
Haydovchi yo‘l harakati qoidalariga rioya etsa, birinchidan o‘zini salomatligiga, ikkinchidan cho‘ntagiga, uchinchidan jamiyatga foyda.