Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Viloyat bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan shubha ostiga olingan shaxs tegishli ruxsatnomasiz (lisenziyasiz) tilladan tayyorlangan 5,95 gramm og‘irlikdagi 1 dona uzukni noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroga tegishli savdo shahobchasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1 kg.dan ziyod og‘irlikdagi zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda qiymati dastlabki hisob-kitoblarga 1 mlrd so‘mni tashkil qiluvchi 1 kg.dan ziyod og‘irlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:12 29.05.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!