Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Melonini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.
Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegasiyalar a’zolarini qutladilar.
Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.