Endilikda fuqarolarga pensiya va kompensasiyalar avtomatik tarzda, alohida ariza talab etmasdan tayinlanadi:
🔹 I–II guruh nogironligi belgilanganda — pensiya avtomatik ravishda tayinlanadi (rad etish huquqi saqlanadi);
🔹 Ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlar va radiasiya ob’ektlarida xizmat qilganlarga — kompensasiyalar elektron ma’lumotlar asosida tayinlanadi;
🔹 Nogironlik pensiyasi tayinlangan va kamida 1 yil ish stajiga ega fuqarolarning pensiyasi har 2 yilda qayta hisoblanadi.
🗓 2025 yil 1 oktyabrdan pensiya to‘lovlari Face-ID va elektron imzo orqali amalga oshiriladi.