“Mebel va yog‘ochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-193-son, 27.05.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2025–2028 yillarda mebel va yog‘ochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
🔹 eksport hajmini 100 mln AQSh dollariga yetkazish;
🔹 sohada 50 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash.
✔️ 2029 yil 1 yanvargacha Qarorda belgilangan mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona boji 1 foiz stavkada qo‘llaniladi.
❇️ 2025 yil 1 iyuldan o‘z xonadonida faoliyat yuritadigan YATTlarga mebel mahsulotlarini tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
💸 2025 yil 1 avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.