Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Amerika boshqaruvidagi yordam markazi ortida soxta gumanitarlik va irqchilik rejasi!

Amerika boshqaruvidagi yordam markazi ortida soxta gumanitarlik va irqchilik rejasi!

G‘azo hukumati ikki kun ichida yordam tarqatish markazida 10 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

G‘azo hukumatining Matbuot xizmati AQSh va Isroil nazoratidagi taqsimlash markazidan yordam olishga shoshilgan 10 nafar falastinlik halok bo‘lgani va 62 nafari jarohatlanganini xabar qildi.

Bayonotda aytilishicha, Isroil kuchlari "yordam olish uchun to‘plangan och falastinlik tinch aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘t ochgan". "Bu qabih jinoyat go‘yoki yordam ko‘rsatilayotgan joylarga muhtojlik va ochlikdan majbur bo‘lib kelgan fuqarolarning tinch yig‘ilishlari paytida sodir etildi."

"Bu jinoyat Amerika tashkiloti G‘azo gumanitar yordami (GHF) tomonidan boshqarilayotgan shubhali muhandislik loyihasining bir qismi bo‘lib, u gumanitar faoliyat tamoyillarini, ya’ni insonparvarlik, betaraflik, halollik va mustaqillikni inkor etadi."

Hukumat qo‘shimcha qilishicha, ushbu tizim bo‘yicha tashkil etilgan yordam tarqatish markazlari "falastinliklarni haqoratlash, ochlikka mahkum etish va zarur bo‘lsa o‘ldirishga qaratilgan irqchilik xavfsizlik rejalarini yashirish uchun soxta gumanitar niqobdan boshqa narsa emas."

Kiritildi: 22:03 28.05.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!