Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Rossiya bilan so‘nggi katta asirlar almashinuvidan keyin Kiyev tomoni otishmalarni to‘xtatish va yetakchilar uchrashuvi bo‘yicha rejalar e’lon qilinishini kutgan.
> 💬 «Biz rostdan ham ular tomondan “adjenda” — ya’ni otishmalarni to‘xtatish hamda yetakchilar uchrashuvini o‘tkazish bo‘yicha reja taqdim etilishini kutgandik. Buni asirlar almashinuvidan oldin ham va’da qilishgan edi. Keyin esa, go‘yoki, memorandum almashinuvdan so‘ng taqdim etiladi deyishdi. Lekin... hech narsa olmadik», — dedi Zelenskiy Berlinda, Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.
--- Mudofaa vaziri — Medinskiy bilan aloqa qilgan
> 💬 «Biz rossiyaliklar bilan aloqaga chiqdik — Ukraina mudofaa vaziri janob Medinskiyga qo‘ng‘iroq qildi. Ular “Bo‘ladi, bo‘ladi”, deb javob berishdi. Ammo natija bo‘lmadi. Hech kim kutganini olmadi. Biz AQShga murojaat qildik — ular ham javob kutyapti. Hamma kutmoqda. Ehtimol, endi kutish arzimas, jiddiyroq choralar ko‘rish kerak», — deya Zelenskiy so‘zlarini keltiradi "Ukrainskaya pravda" nashri.
Kreml nega javob bermayapti?
TASS agentligi yozishicha, Kreml vakili Dmitriy Peskov chorshanba kuni qilgan bayonotida, Rossiya va Ukraina tomonidan tayyorlanayotgan memorandum loyihalari yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilayotganini bildirgan. Shundan so‘ng yangi muzokaralar raundi muhokama etilishi mumkin.