Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarusga ham, Rossiyaga ham yetarli miqdorda kartoshka yetishtirish kerakligini aytib, "rus birodarlarga yordam berish"ga chaqirdi. Uning so‘zlarini BelTA xabar berdi.
"Ko‘p gap-so‘zlar bo‘lyapti. Ayniqsa, Rossiya prezidenti bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, u yerda kartoshka haqida hazillashgandi. Ammo bu biz uchun juda jiddiy masala. Qanday ma’noda? Nima bo‘lganda ham, kartoshka yetishtirishni yaxshi bilamiz. Shunday miqdorda yetishtirish kerakki, bizga ham, Rossiyaga ham yetsin," - dedi Belarus prezidenti.
Lukashenko ta’kidlashicha, gap xayr-ehson haqida emas, balki "munosib mablag‘lar" va "munosib narxlar" haqida ketmoqda.