Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Germaniyadagi muhojirlar soni yangi rekord darajaga yetdi — 1,2 mln nafari ukrainaliklar

Germaniyadagi muhojirlar soni yangi rekord darajaga yetdi — 1,2 mln nafari ukrainaliklar

Germaniyada muhojirlar soni 3,5 million kishiga yetdi.

Bu ma’lumotni federal hukumat Bundestagdagi So‘llar fraksiyasining so‘roviga javoban taqdim etdi, deya xabar beradi KNA agentligi. Aniqlik kiritilishicha, bu raqam 2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan qochqinlarni qamrab oladi.

"O‘tgan bir yil davomida Germaniyaga 124 000 nafar muhojir kelgan, ulardan 108 000 nafari ukrainaliklar. Germaniya hududida qochqin maqomida bo‘lgan ukrainaliklar soni taxminan 1,2 million kishini tashkil qiladi", —dedi So‘llar partiyasidan deputat Klara Byunger.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyadagi muhojirlarning umumiy sonidan taxminan 710 000 kishi Jeneva konvensiyasiga muvofiq “qochqin” maqomini olgan, 43 000 kishi esa “boshpana olish huquqiga ega” deb tan olingan. Germaniyadan chiqarib yuborish taqiqlanganlar soni 197 000 nafarni tashkil qiladi, ulardan taxminan 130 000 nafari afg‘onistonliklardir. Rasman mamlakatni tark etishi shart bo‘lganlar soni 200 000 nafarni tashkil etadi, biroq hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 178 000 nafari hali ham Germaniyada qolmoqda.

Kiritildi: 18:57 28.05.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!