Prezident Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida Kanada Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirsa, "Oltin gumbaz" raketaga qarshi mudofaa tizimi uchun pul to‘lamasligini yozdi.
"Men bizning ajoyib "Oltin gumbaz" tizimimizning bir qismi bo‘lishni juda xohlaydigan Kanadaga, agar ular alohida, ammo tengsiz davlat bo‘lib qolsalar, bu ularga 61 milliard dollarga tushishini aytdim" - dedi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar respublika "51-chi shtat" bo‘lishga qaror qilsa, "Oltin gumbaz"dan foydalanish narxi 0 dollarni tashkil qiladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Ottava bu taklifni ko‘rib chiqmoqda.