Evropa uchun xavfsizlik harakati (SAFE) deb nomlangan jamg‘arma “Evropaning mudofaa texnologiyalari va sanoat bazasiga shoshilinch va yirik sarmoyalarni” moliyalashtiradi . Maqsad ishlab chiqarish quvvatini oshirish va umumiy mudofaa qobiliyatini mustahkamlashdir, deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashi bayonotida. Bundan tashqari, SAFE Yevropa Ittifoqiga Ukrainani "mudofaa sanoatini boshidanoq ushbu vositaga qo‘shish orqali" qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga imkon beradi.
E’lon qilingan rejaga ko‘ra, fonddan pul mablag‘lari manfaatdor a’zo davlatlarga so‘rov bo‘yicha uzoq muddatli kreditlar shaklida taqdim etiladi. Bunday holda, kredit oluvchilar kamida ikkita boshqa davlat ishtirokida qo‘shma xaridlarni amalga oshirishlari kerak. Belgilangan ustuvorliklar qatoriga, xususan, o‘q-dorilar va raketalar, artilleriya tizimlari, yerdagi jangovar vositalar, ularni qo‘llab-quvvatlash tizimlari, kiberxavfsizlik, havo hujumidan mudofaa va raketaga qarshi mudofaa tizimlari, uchuvchisiz samolyotlar va qarshi choralar tizimlari, strategik aktivlar, shuningdek, “kosmik aktivlar va xizmatlar” kiradi.