Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Trampning davlat xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan "yagona, katta, chiroyli qonun loyihasidan" hafsalasi pir bo‘ldi. Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.
Mask CBS News telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi: "Ochig‘ini aytganda, byudjet taqchilligini kamaytirish o‘rniga uni oshiradigan va DOGE jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga putur yetkazadigan keng ko‘lamli xarajatlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib hafsalam pir bo‘ldi" - dedi Mask.
Tramp "yagona, katta, chiroyli qonun loyihasi" deb atagan hujjat bir qator sohalarda soliqlar va davlat xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, qonun loyihasi mudofaa sohasiga, xususan, “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratishga sarflanadigan xarajatlarni oshirishni nazarda tutadi. Hujjat chegara nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi, shuningdek, ushbu sohaga sarflanadigan xarajatlarni ko‘paytirishni nazarda tutadi.
Telekanal intervyudan parchani e’lon qildi, uning to‘liq versiyasi 1 iyun kuni efirga uzatiladi.