AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha cheklovchi choralar qo‘llashi yoki qo‘llamaslik borasida yakuniy qarorga kelmagan.
Bu haqda Politico gazetasi ma’lum qildi.
"Tramp hali Moskvaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llash yoki qo‘llamaslik to‘g‘risida bir qarorga kelmagan", — deb yozadi nashr amerikalik to‘rt nafar rasmiyga tayanib.
Shu bilan birga, ulardan biri Rossiya rasmiylari “Tramp ularga taklif qilgan oltin ko‘prikni yoqishga yaqinlashayotganini” ta’kidladi.
Amerika birinchi siyosat instituti raisi o‘rinbosari Fred Fleys nashrga ma’lum qilishicha, Tramp 4-6 hafta ichida Ukraina muammosini hal qilish bo‘yicha muzokaralardan chiqib ketishi va Rossiya Federasiyasiga nisbatan qattiq choralar ko‘rishi mumkin.