AQSH-Isroil tashabbusi bilan yaratilgan yangi gumanitar yordam tarqatuvchi G‘azo gumanitar jamg‘armasi (GHF) G‘azoda o‘z faoliyatini boshladi.
GHF tomonidan taqdim etilgan fotosuratlarda noma’lum joydan qutilarni olib ketayotgan o‘ndan ortiq erkaklar ko‘rsatilgan. BBC GHFdan yordam yuk mashinalari va yordam olgan odamlar soni haqida ma’lumot so‘ragan , ammo hozircha javob olmagan.
Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, yordamni tarqatish mexanizmi ko‘zdan kechirilgan falastinliklar asosan G‘azo janubida joylashgan oz sonli tarqatish punktlarida oziq-ovqat va gigiyena vositalari qutilarini oladi. Nuqtalarni amerikalik pudratchilar qo‘riqlaydi, Isroil qo‘shinlari esa perimetr bo‘ylab patrul qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa gumanitar tashkilotlar GHF bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi va jamg‘arma faoliyat yuritadigan tizim harakatchanligi cheklangan odamlar, shu jumladan yaradorlar, nogironlar va qariyalar uchun deyarli mavjud emasligi, minglab odamlarni xavf ostiga qo‘yishi va yordamni siyosiy va harbiy maqsadlarga bog‘liq qilishini ogohlantirdi.
Norvegiya Qochqinlar kengashi bosh kotibi Yan Egeland BBC bilan suhbatda GHFni “harbiylashtirilgan, xususiylashtirilgan, siyosiylashgan” va “betaraf bo‘lmagan” tashkilot deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "buning ortida Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimlari va sobiq harbiylar turibdi...".
Hamas falastinliklarni GHF tizimi bilan hamkorlik qilmaslik haqida ogohlantirib, “tartibni tartibsizlik bilan almashtiradi, Falastin tinch aholisi orasida sun’iy ochlik yaratish siyosatini olib boradi va urush vaqtida oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanishi”ni aytdi.