Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Pop tumaniga yangi hokim tayinlandi

Pop tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun xalq deputatlari Pop tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.

Viloyat rahbari keyingi yillarda Pop tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib, hozirga qadar Pop tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan A’zamjon Sultanov salomatligiga ko‘ra vazifasidan ozod etish haqida ariza yozganini ma’lum qildi.

Deputatlar Namangan viloyati hokimining Pop tumani hokimi Sultanov A’zamjon Mahmudovichni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan ma’qulladilar.

A. Sultanovga milliy urf-odatlarga ko‘ra hurmat-e’tibor ko‘rsatildi.

Sessiyada hududni rivojlantirish, odamlarning bugunidan rozi bo‘lib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun tumanga yangi hokim zarur.

Deputatlar Namangan viloyati hokimining Murodxo‘jayev G‘ulomjon Sobitxo‘jayevichni Pop tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.

Kiritildi: 12:22 27.05.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!