Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Samarqandga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi ramziy bayrog‘i topshirildi

Samarqandga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi ramziy bayrog‘i topshirildi

Samarqand shahrida islom olami madaniyat vazirlari ishtirokida “Islom dunyosining ma’naviy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, she’riyat va hamjihatlik” mavzuidagi xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) tomonidan 2025 yilda Samarqand shahri “Islom olami madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi va shu munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirlar doirasida o‘tkazilgan anjumanda ICESCOga a’zo davlatlar madaniyat vazirlari, xalqaro tashkilot va muassasalar mas’ullari, yuqori darajadagi rasmiylar ishtirok etmoqda.

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Islom dunyosining ma’naviy merosi va madaniy ifodalari: xattotlik, musiqa, she’riyat va hamjihatlik” mavzuidagi xalqaro forumda Samarqandga Islom madaniyati poytaxti maqomi berilgani haqidagi ramziy bayroq va statuyetka tantanali topshirildi.

Ushbu nishonlarni ICESCO bosh direktori Salim bin Muhammad Al-Malik Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga taqdim etdi.

Kiritildi: 11:45 27.05.2025. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!