Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

G‘ulomjon Murodxo‘jayev Pop tumani hokim bo‘ldi

G‘ulomjon Murodxo‘jayev Pop tumani hokim bo‘ldi

Bugun xalq deputatlari Pop tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov so‘zga chiqib, tumandagi so‘nggi yillardagi yutuqlar va amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, Pop tumani hokimi A’zamjon Sultanov sog‘lig‘i tufayli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etishini so‘rab ariza yozgani ma’lum qilindi.

Deputatlar mazkur qarorni ma’qullab, Sultanovga hurmat-e’tibor bildirdilar.

Sessiyada tumanni rivojlantirish borasida muhim vazifalar belgilandi va ularni amalga oshirish uchun yangi rahbar tayinlanishi ta’kidlandi.

Namangan viloyati hokimining taklifiga binoan, Murodxo‘jayev G‘ulomjon Sobitxo‘jayevich Pop tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Kiritildi: 11:25 27.05.2025. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!