Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Odam savdosida ayblangan ikki ayol O‘mondan O‘zbekistonga olib kelindi

Odam savdosida ayblangan ikki ayol O‘mondan O‘zbekistonga olib kelindi

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib, qidiruvga berilgan ikki ayol O‘mondan Toshkentga ekstradisiya qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ayollar 23 may kuni Interpolning O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvi ostida O‘monning Maskat shahridan Toshkentga olib kelingan.

Qayd etilishicha, ularni ekstradisiya qilish uchun O‘zbekiston tomonidan tuzilgan kuzatuv guruhi O‘mon sultonligiga yuborilgan.

Shuningdek, Interpolning Maskatdagi Milliy markaziy byurosi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda odam savdosi bilan shug‘ullanishda gumon qilinib, O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan yana bir fuqaroning O‘monda qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgan.

Uchrashuv yakunida soddalashtirilgan ekstradisiya tartibini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Kiritildi: 11:00 27.05.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!