Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxt bosib qolgan odam halok bo‘ldi

Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxt bosib qolgan odam halok bo‘ldi

Toshkentda kuchli shamol oqibatida yiqilgan daraxt 2 kishini bosib qoldi. “Millar“ dasturida aytilishicha, kuchli shamol oqibatida daraxt fuqaroning ustiga qulab tushgan va fuqaro vafot etgan.

Shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlardan biri shifoxona qabulxonasida vafot etgan. Ikkinchi fuqaroga bosh miya jarohati sababli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan, u hozirda og‘ir holatda reanimasiya bo‘limida davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 may, juma kuni tongda poytaxtda kuchli changli shamol kuzatilgan edi.

Kiritildi: 11:46 25.05.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!