Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Oq uy “jang maydoni”ga aylandi: U yerga borish — siyosiy tuzoqmi?

Oq uy “jang maydoni”ga aylandi:  U yerga borish — siyosiy tuzoqmi?

Trampning Oval kabinetdagi “qattiq tanbehlari” dunyo yetakchilari uchun yangi muammoga aylandi.

CNN'ning yozishicha, bu AQSh prezidentining JAR rahbariga qilgan tanqidlaridan keyin yaqqol namoyon bo‘ldi. Fevral oyida Zelenskiy bilan yuz bergan tortishuv ham bunga misol bo‘ladi.

"Endi xorijiy rahbarlari AQSh prezidentining qarorgohiga tavakkal qilib borishmoqda. Tramp matbuot anjumanlarini jang kabi o‘tkazmoqda. Ba’zi davlat yetakchilar endi Oq uyga tashriflarini qayta ko‘rib chiqishlari mumkin. Ilgari bu “orzu qilingan taklif” bo‘lgan bo‘lsa, endi “siyosiy tuzoqqa” aylanmoqda", deb yozmoqda CNN.

"Dunyo yetakchilari o‘z fuqarolari oldida qanday ko‘rinishda bo‘lishlar haqida o‘ylashi kerak. Agar ular Trampga qarshi tura olmasalar, zaif ko‘rinishadi. Agar qattiq qarshi chiqsalar, Zelenskiy kabi ichki qo‘llab-quvvatlashga erishishlari mumkin, ammo bunda Tramp ma’muriyati ularga nisbatan adovat saqlab qolishi ehtimoli bor. Bu esa ularning milliy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin", deyiladi maqolada.

Kiritildi: 22:24 24.05.2025. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!