Jahon oziq-ovqat dasturi ma’lum qilishicha, G‘azoda 70 mingdan ortiq bola o‘tkir oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekmoqda, chunki Isroil vayron etilgan hududga faqat juda oz miqdordagi yordamni kiritishga ruxsat bermoqda.
"Jahon oziq-ovqat dasturi oziq-ovqat va ovqatlanish bo‘yicha yordam ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda - ammo bu dengizdan bir tomchi, xolos," deya Birlashgan Millatlar Tashkilotining agentligi X’da e’lon qildi.
"Ocharchilikning oldini olish va hayotlarni saqlab qolish uchun bizga zudlik bilan, hech qanday to‘siqlarsiz va xavfsiz tarzda yordam yetkazib berish imkoniyati kerak."