Kapitalbank Toshkentning "Pushkin" metrosi yaqinida joylashgan "Yoshlik" (sobiq "Start") sport majmuasini qariyb 298 mlrd so‘m (taxminan 23 mln AQSh dollari)ga sotib oldi. Majmua 2024 yilning yoziga qadar O‘zmilliybank tasarrufida bo‘lgan, keyinchalik xususiylashtirish uchun Davaktivga o‘tkazilgan edi.
Kapitalbank Toshkentdagi "Yoshlik" sport-iqtisodiy majmuasini davlatdan sotib oldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi. Bank bu ob’ekt uchun 297,9 milliard so‘m (taxminan 23 million dollar) taklif qilib, xususiylashtirish bo‘yicha tanlov (auksion)da g‘olib chiqqan. Xaridor mazkur mablag‘ni bir oy ichida davlat byudjetiga o‘tkazilishi shart.
Shartnoma bo‘yicha, Kapitalbank sport majmuasining faoliyatini kamida 10 yil davomida saqlab qolish majburiyatini olgan va ushbu hududda yangi qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berilmaydi.