Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Ilon Mask Tesla robotaksi loyihasi iyun oyida ishga tushirilishini tasdiqladi

Ilon Mask Tesla robotaksi loyihasi iyun oyida ishga tushirilishini tasdiqladi

Ilon Maskning ma’lum qilishicha, Tesla kompaniyasining robotaksi xizmatlari Texas shtatidagi Ostin shahrida iyun oyi oxirida 10 ta avtomobil bilan boshlanadi. Agar sinov muvaffaqiyatli va muammosiz o‘tsa, loyiha tez orada minglab mashinalargacha kengayishi mumkin, deb xabar beradi NBC News.

“Avval boshda oz sonli mashinalar bilan boshlab, hamma narsa yaxshi ketayotganiga ishonch hosil qilib, so‘ngra ishni kengaytirish oqilona bo‘ladi”, – dedi Ilon Mask.

Seshanba kuni Ostinda CNBC telekanaliga bergan intervyusida Mask Tesla kompaniyasi Ostindagi debyutdan so‘ng Los-Anjeles va San-Fransisko shaharlarida ham robotaksi xizmatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Mask 2016 yildan buyon investorlar, mijozlar va Tesla ishqibozlariga kompaniya to‘liq avtomatik boshqaruvda, inson aralashuvisiz yo‘lovchilarni xavfsiz tashishga qodir avtotransport vositasini taqdim etishini va’da qilib kelayotgan edi.

Boshlang‘ich bosqichda Teslaning robotaksisi “Model Y” avtomobili negizida yaratiladi va “FSD Unsupervised” (to‘liq avtonom boshqaruv) tizimining yangilangan versiyasi bilan jihozlanadi.

Maskning aytishicha, Ostinda robotaksilari faoliyati maxsus “geozona” bilan cheklanadi. Ya’ni, ular faqat belgilangan hududlar ichida harakatlanadi. Tesla xodimlari avtoparkni masofadan turib nazorat qiladilar.

Hozirda Tesla kompaniyasiga rahbarlik qilayotgan Mask, shuningdek, SpaceX va xAI kompaniyalarini ham boshqaradi hamda AQSh Prezidenti Donald Trampning asosiy maslahatchilaridan biri hisoblanadi.

Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, Tesla va SpaceX kompaniyalaridagi ulushlari tufayli Ilon Mask dunyodagi eng boy inson hisoblanadi. Uning boyligi taxminan 376 milliard dollar deb baholanmoqda.

Kiritildi: 21:31 21.05.2025. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!