Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Oq uy ukrainaliklarni chiqarib yuborishga tayyormi?

 Oq uy ukrainaliklarni chiqarib yuborishga tayyormi?

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vaqtinchalik himoyalangan maqom ostida mamlakatdagi migrantlarni ommaviy “ixtiyoriy deportasiya qilish” rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda Oq uyning ichki hujjatlariga tayanib, Washington Post nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dastur bilan 700 mingga yaqin kishi qamrab olingan. Ular orasida Rossiya bilan urushdan qochgan 200 ming ukrainaliklar ham bor. Ro‘yxatga Gaiti, Afg‘oniston, Falastin, Liviya, Sudan, Suriya va Yaman fuqarolari ham kiritilgan.

Ma’muriyat rejani amalga oshirish uchun Migrantlar va qochqinlarga yordam jamg‘armasidan 250 million dollar ajratishni taklif qildi, bu esa sobiq diplomatlar va inson huquqlari himoyachilarining tanqidiga sabab bo‘ldi. Ular mablag‘larni deportasiya qilish uchun ishlatish jamg‘arma maqsadlari va xalqaro qonunlarga zid ekanini aytishdi.

Washington Post manbalarining ta’kidlashicha, hujjatlar 5 may kuni AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi rasmiy bayonotidan oldin tayyorlangan. Keyin o‘z vatanlariga qaytishga rozi bo‘lgan muhojirlarga bir martalik 1000 dollar to‘lash taklif qilingan.

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi matbuot kotibi Trisia Maklaflin hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqladi, ammo ular "eskirgan"ligini aytdi. DHS kotibi Kristi Noyem hali ukrainaliklar va gaitiliklar uchun TPSni tugatish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmadi, dedi u.

Endi AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi va AQSh Davlat departamenti allaqachon qonuniy maqomini yo‘qotganlarga e’tibor qaratmoqda. Nashr manbalaridan biri afg‘onlar deportasiya qilinadigan birinchi toifa bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan.

Ukrainaliklarni vaqtinchalik himoya qilish dasturlari 2022 yilda Bayden ma’muriyati tomonidan Ukrainada urush boshlanganidan keyin joriy qilingan. Biroq, Oq uyga qaytganidan so‘ng, Tramp ko‘pgina gumanitar dasturlarni, jumladan, boshpana va TPSni qisqartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

19-fevral kuni CBC News telekanali Qo‘shma Shtatlar ukrainaliklar va Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolarining immigrasiya bo‘yicha arizalarini qabul qilishni to‘xtatib qo‘ygani haqida xabar berdi.

Ayni paytda, AQSh Davlat departamenti hanuzgacha o‘z fuqarolariga xavfsizlik tahdidlari sababli Ukrainaga tashrif buyurishni tavsiya etmaydi. Xalqaro huquq qochqinlarni hayoti yoki erkinligi xavf ostida bo‘lgan mamlakatga majburan qaytarishni taqiqlaydi. BMT bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro Migrasiya Tashkiloti (XMT) ham rejani tanqid qildi.

Kiritildi: 14:44 21.05.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!