Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

2025 yil 1 iyundan boshlab amerikaliklar O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin

2025 yil 1 iyundan boshlab amerikaliklar O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin

Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish rejimini joriy qilinadi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Mazkur tartib 2025 yil 1 iyundan boshlanadi.

Farmonda qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarolariga Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga kirish uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar boshlash va yakuni bo‘yicha taklif kiritish belgilandi.

Kiritildi: 11:01 21.05.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!