Buyuk Britaniya Rossiyaning harbiy, energetik va moliyaviy sektorlariga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. 100 ta yangi cheklovlar orasida «xufiyona flot»ga aloqador 18 ta tanker, 46 ta moliyaviy tashkilot, «Omonatlarni sug‘urtalash bo‘yicha agentlik» va Sankt-Peterburg valyuta birjasi ham bor.
Sanksiya ro‘yxatiga, shuningdek, Britaniya fuqarosi Jon Maykl Ormerod va Rossiya tankerlari kapitanlari ham kiritildi. Maqsad — dezinformasiya kampaniyalarini to‘xtatish va neft eksportini cheklash. London, xalqaro hamkorlar bilan Rossiya neftining 60 dollarlik narx chegarasini ham qayta ko‘rib chiqmoqda.