"O‘zenergoinspeksiya" Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida "S.Y.O." MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan 9 914 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Shuningdek, aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.