Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

DW: Ekspertlar Suriyani tiklashga o‘nlab yillar kerak bo‘lishi mumkinligini aytdi

DW: Ekspertlar Suriyani tiklashga o‘nlab yillar kerak bo‘lishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar bekor qilinganini e’lon qildi. Mamlakat aholisi bu xabarni quvonch bilan qarshi oldi. Ammo mutaxassislarning ta’kidlashicha, mamlakat iqtisodiyotining qisqa fursatda tiklanishi hali ham shubha ostida.

"Suriya iqtisodiyoti o‘z qiymatining 85 foizini yo‘qotganini hisobga olsak, uning urushdan oldingi darajaning yarmiga qaytishi uchun 20-25 yil kerak bo‘ladi, deb aytish mubolag‘a bo‘lmaydi", — deya fikr bildirdi DW nashriga iqtisodchi Anvar al-Kassem.

Vashingtonda joylashgan Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi mutaxassisi Natasha Hollning so‘zlariga ko‘ra, Bashar Asad rejimiga qarshi “ko‘p bosqichli sanksiyalar” joriy qilingan va Suriya terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuning uchun barcha cheklov choralari darhol bekor qilinmaydi.

"Qaysi sanksiyalarning bekor qilinishi masalasini AQSh Moliya vazirligi hal qiladi. Sanksiyalarning yumshatilishi faqat ayrim sohalar va gumanitar tashkilotlar faoliyatiga taalluqlimi yoki moliyaviy sanksiyalar ham bekor qilinib, Suriya Markaziy banki xalqaro banklar bilan hamkorlikni tiklash imkoniyatiga ega bo‘ladimi hozircha ma’lum emas", — deya ta’kidladi Damashq universiteti iqtisodiyot fakulteti professori Ziyod Ayub Arabash.

Mutaxassisning fikricha, Suriya oldidagi eng katta muammolar — korrupsiya va zaif davlat institutlari hisoblanadi.

Kiritildi: 22:39 17.05.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!