Jahon banki O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqlariga integrasiya qilish va ayrim hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga qaratilgan dasturni moliyalashtirish uchun 100 million dollar imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.
Dastur doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ham 50 million dollarlik qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltiradi.
150 million dollarlik dastur doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
➖6 ming km past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish va modernizasiya qilish;
➖250 megavolt-amper (MVA) quvvatga ega 1 200 ta transformatorni yangilash va o‘rnatish;
➖150 mingta “aqlli” hisoblagichni ulash;
➖4 mingta ma’lumotlar konsentratorini o‘rnatish orqali tarmoqlarni raqamlashtirish.
Dastur Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryoda elektr ta’minotini sezilarli yaxshilashi kutilmoqda.