Rossiya Federasiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya rahbari tomonidan taklif etilgan va 8 maydan 10 maygacha amal qilgan uch kunlik "yarashuv" muddati tugaganini tasdiqladi.
"Ha, albatta. Aslida, agar prezidentning so‘zlarini eshitgan bo‘lsangiz, [Kiyev tomonidan] haqiqiy o‘t ochishni to‘xtatish holati kuzatilmadi, Ukraina tomoni buni qanchalar buzganini aytib o‘tgan edi," - dedi Peskov jurnalistlarning yarashuv muddati tugagach, jangovar harakatlar qayta boshlanadimi, degan savoliga javob berar ekan.
"Moskvaliklar va poytaxt mehmonlari o‘t ochishni to‘xtatish tartibining buzilishi, uchuvchisiz uchuvchi apparatlar hujumlari, aeroportlarning yopilishi, havo qatnovi uzilishiga guvoh bo‘lishdi," - dedi Kreml vakili.