"Bu haqda o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Bizning o‘z pozisiyamiz bor. Biz muloqotga hamda Ukrainadagi mojaroni hal qilish yo‘lidagi harakatlarga ochiqmiz. Donald Tramp ma’muriyati tomonidan vositachilik qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qadrlaymiz. Biroq bizga bosim o‘tkazishga urinish — foydasiz. Rossiya sanksiyalardan qo‘rqmaydi, chunki allaqachon bizga qarshi ko‘plab sanksiyalar joriy etilgan", — dedi Dmitriy Peskov CNN'ga bergan izohida.
Kreml matbuot kotibi, shuningdek, Moskva hozircha Yevropa tomonidan Rossiya bilan munosabatlarni tiklashga tayyorlikni sezmayotganini aytdi.
"Biz Yevropadan ko‘plab ziddiyatli bayonotlarni eshitmoqdamiz. Bunday bayonotlar o‘zaro munosabatlarimizni tiklashga yo‘naltirilmagan, balki qarama-qarshilik kayfiyatidagi bayonotlardir", — dedi Peskov jurnalistlarga.
Bundan tashqari Germaniya kansleri Fridrix Mers agar bu Ukraina urushini tugatishga yordam bersa, Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashishi mumkinligini aytgan edi.
Bu bayonotni sharhlar ekan, Peskov Rossiya prezidenti har qanday davlat yetakchisi bilan aloqa o‘rnatishga tayyor ekanini va "etakchilar o‘zlari tayyor bo‘lgan darajada muloqot va hamkorlikka ochiqligini" ta’kidladi.