Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Trampdan shov-shuvli farmon. Noqonuniy muhojirlarga bepul chipta va “maxfiy bonus” taklif etildi

Trampdan shov-shuvli farmon. Noqonuniy muhojirlarga bepul chipta va “maxfiy bonus” taklif etildi

Donald Tramp noqonuniy muhojirlar uchun “o‘z ixtiyori bilan chiqib ketish” dasturi ishga tushirilganini e’lon qildi.

"AQSh tarixida ilk bor noqonuniy muhojirlar uchun o‘z ixtiyori bilan mamlakatdan chiqib ketish dasturini ishga tushirish haqida farmonni imzoladim. Biz noqonuniy muhojirlar uchun Qo‘shma Shtatlardan chiqib ketishni iloji boricha soddalashtiryapmiz. Har qanday noqonuniy muhojir shunchaki aeroportga borib, mamlakatimizdan chiqib ketish uchun bepul chipta olishi mumkin", — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Uning aniqlik kiritishicha, bu jarayon uchun maxsus mobil ilovalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orqali migrantlar vataniga qaytish chiptalarini oldindan band qilishlari mumkin.

Shuningdek, Tramp migrantlarga “juda muhim bonus” ham va’da qildi. Bu bonusning miqdori aytilmagan, lekin prezident noqonuniy migrantlarning chiqib ketishi AQSh byudjetiga "trillionlab dollar" tejash imkonini berishini ta’kidladi.

"Noqonuniy migrantlar: bepul chiptangizni hoziroq band qiling. Biz sizlarning Amerikadan ketishingizni istaymiz", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti.

Avvalroq AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi Qo‘shma Shtatlar hududidan o‘z ixtiyori bilan chiqib ketadigan noqonuniy muhojirlarga 1000 dollar to‘lanishini ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlarni o‘z ixtiyori bilan tark etmagan noqonuniy migrantlar "qat’iy oqibatlarga" duch kelishi haqida ogohlantirildi, Ularga qamoq jazosi, jarimalar, mol-mulkning musodara qilinushi kabi jazolar berilishi mumkin. Shuningdek, ular istalgan vaqtda va faqatgina Qo‘shma Shtatlarning xohishiga ko‘ra dunyoning istalgan mamlakatiga majburiy deportasiya qilinishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

Kiritildi: 22:41 10.05.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!