Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina 12 maydan boshlab 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor

Ukraina 12 maydan boshlab 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor

Ukraina 12 maydan boshlab 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor.

Bu haqda Ukrainada bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha mamlakat tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga ma’lum qildi.

Sibiga, shuningdek, Zelenskiy, Starmer, Makron, Mers va Tusk Tramp bilan telefon orqali suhbatlashganini bildirdi.

"Kiyevdagi “xohlovchilar koalisiyasi” uchrashuvidan so‘ng besh nafar yetakchi — Volodimir Zelenskiy, Emmanuyel Makron, Fridrix Mers, Donald Tusk va Kir Starmer AQSh prezidenti Donald Tramp bilan tinchlik tashabbuslari bo‘yicha konstruktiv telefon suhbati o‘tkazdi.

Ukraina va barcha ittifoqchilar quruqlikda, havoda va dengizda hech qanday shartlarsiz, to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor, bu kelayotgan dushanbadan boshlanishi mumkin.

Agar Rossiya rozi bo‘lsa va samarali monitoring ta’minlansa, uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish va ishonchni mustahkamlovchi choralar tinchlik muzokaralariga yo‘l ochishi mumkin", — deb yozdi Ukraina TIV rahbari X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida va bu suhbatdan foto ham e’lon qildi.

Avvalroq Rossiya sulhga faqat G‘arb davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatgan taqdirda rozi bo‘lishini bildirgan edi.

Kiritildi: 16:45 10.05.2025. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!