Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"Tarix AQShni G‘azodagi jinoyatlarga sherikligini kechirmaydi"

"Tarix AQShni G‘azodagi jinoyatlarga sherikligini kechirmaydi"

AQSh mustaqil senatori Berni Sanders Kongressda nutq so‘zlab, AQSh ma’muriyatini G‘azodagi gumanitar falokatga sheriklikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning xatti-harakatlari va Vashingtonning bu harakatlarni qo‘llab-quvvatlashi “inson qo‘li bilan yaratilgan dahshat”ni yuzaga keltirdi va u “insoniyatning umumiy vijdonida abadiy dog‘ bo‘lib qoladi”.

" Men butun dunyoda shok va g‘azabga sabab bo‘layotgan narsa haqida gapirmoqchiman, lekin negadir g‘alati sabablarga ko‘ra Kongress koridorlarida deyarli muhokama qilinmaydi", dedi Sanders. Uning ta’kidlashicha, G‘azoga yordam yetkazilishining to‘xtatilishi "atay va uslubiy tarzda yuzaga kelgan ommaviy ochlik va o‘limning sekin va shafqasiz jarayoniga" olib keldi .

Sandersning aytishicha , tarix Qo‘shma Shtatlarni sodir bo‘layotgan voqealarga sherikligi uchun "kechirmaydi". Uning so‘zlariga ko‘ra, “Falastin xalqini yo‘q qilayotgan” Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish vaqti keldi.

Shuningdek, u avvalroq G‘azoni “Yaqin Sharq Riviyera”siga aylantirishga va’da bergan AQSh prezidenti Donald Trampning “G‘azo milliarderlar Riviyeradan zavq olishi uchun emas, balki Falastin xalqi manfaati uchun qayta tiklanishi kerak” degan bayonotini ham tanqid qildi.

Avvalroq World Central Kitchen gumanitar tashkiloti G‘azoda oziq-ovqat va pishirish yoqilg‘isi tez tugab borayotgani haqida xabar bergan edi. Tashkilotga ko‘ra, mart oyi boshidan beri Isroil tomoni chegarada o‘nlab yuk mashinalari turganiga qaramay, anklavga insonparvarlik yordami oqimini amalda to‘sib qo‘ygan.

Isroil tomoni yuk tashishga ruxsat bermaslikni yordam taqsimoti ustidan nazorat yo‘qligi va talon-taroj qilish xavfi bilan izohlamoqda. Biroq, World Central Kitchen ma’lumotlariga ko‘ra, sektordagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda va davom etayotgan blokada sharoitida yomonlashishda davom etmoqda.

Kiritildi: 13:07 10.05.2025. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!