Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: Boj to‘lovlarini kamaytirmasak, Xitoy bilan savdo bo‘lmaydi

Tramp: Boj to‘lovlarini kamaytirmasak, Xitoy bilan savdo bo‘lmaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan keltirilayotgan mahsulotlarga 145 foizlik bojxona to‘lovlarini pasaytirishga tayyorligini, aks holda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo munosabatlarini rivojlantirish imkonsiz bo‘lishini ma’lum qildi.

U bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Qaysidir paytda men ularni kamaytiraman, chunki aks holda siz ular bilan hech qachon ish olib bora olmaysiz," - dedi Tramp.

Shu bilan birga, Amerika rahbari Vashington va Pekin o‘rtasidagi muzokaralarni boshlash uchun bojxona to‘lovlarini pasaytirishni rejalashtirmayotganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, u AQSh joriy etgan bojxona to‘lovlari tufayli Xitoy iqtisodiyoti vayron bo‘layotgani haqidagi fikrini bildirdi.

Kiritildi: 22:55 04.05.2025. O'qildi: 793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!