Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Shols kansler lavozimida so‘nggi nutqni so‘zladi

Shols kansler lavozimida so‘nggi nutqni so‘zladi

Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Olaf Shols ushbu lavozimda jamoatchilik oldida so‘nggi nutqini so‘zladi. Siyosatchi Gamburgdagi Noyengamme konslageri ozod etilganining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosim mehmonlariga murojaat qildi.

"Nemislar boshlagan urushdan, nasistlarning terror rejimidan, millionlab begunoh ayollar, bolalar va erkaklarning o‘ldirilishidan olingan eng muhim saboqlardan biri shundaki, bizning qit’amiz, xalqlarimiz o‘rtasidagi urushlarni o‘tmishda qoldirishimiz kerakligiga bo‘lgan chuqur ishonchimizdir", – deya fikr bildirdi Shols.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin "yana Yevropaga urush olib kelgani" yanada achinarli. "Biz bunga ko‘nikmasligimiz va bunday holatni qabul qilmasligimiz kerak", — deya ta’kidladi siyosatchi.

Shols Yevropani “erkinlik, demokratiya va huquqiy jamiyatning jonli va nafas olayotgan timsoli” deb atadi va bu tamoyillar “harbiy imperializm hamda xalqaro huquqni mensimaslik bilan mos kelmasligini” urg‘uladi.

"Shuning uchun butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan o‘z mamlakatlarimizda ham avtokratlar, ekstremistlar va populistlar bu tinch va birlashgan Yevropaga hujum qilib, uni barbod etishga urinayotgani ajablanarli emas. Ayniqsa Germaniya bunga yo‘l qo‘ymasligi lozim, chunki biz imperializm, huquqsizlik va irqiy nafrat olib keladigan dahshatlarni unutmasligimiz shart", — dedi Shols.

Kiritildi: 20:43 04.05.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!