AQSh prezidenti Donald Tramp uchinchi marta oliy davlat lavozimiga qayta saylanish niyatida emasligini ma’lum qildi.
Bu haqda u NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Men jami sakkiz yil, ikki muddat prezident bo‘laman. Men buni har doim juda muhim deb hisoblaganman," deb aytgan Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tarafdorlari uni kelajakda uchinchi muddatga saylanishga muntazam ravishda ko‘ndirmoqda, biroq u bunday qilmoqchi emas.
"Ko‘plab odamlar "Tramp 2028" yozuvi tushirilgan kepkalarni sotmoqda. Biroq men bunday qilmoqchi emasman. Men ajoyib to‘rt yil ishlab, buni boshqa birovga, idealda buyuk respublikachiga topshirmoqchiman," - dedi Amerika yetakchisi.