AQSh ma’muriyati rahbari Donald Tramp AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) raisi Jerom Pauellni iste’foga chiqarish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.
NBC News telekanali jurnalistining Pauellni ishdan bo‘shatishni xohlaysizmi, degan savoliga Tramp rad javobini berdi.
- Yo‘q, yo‘q, yo‘q. Nega bunday qilishim kerak?" - deya Trampning so‘zlarini keltiradi TASS.